Eng mazali muzqaymoqni qanday tanlash mumkin – foydali maslahatlar

Muz parchalari (kristallari) shirinlik qayta muzlatilgani haqida dalolat beradi – ehtimol mahsulot yaroqsiz bo‘lib qolgan.
Sputnik

TOShKENT, 30-may – Sputnik. "Roskachestva" mutaxassislari eng yaxshi muzqaymoqni tanlash bo‘yicha tavsiyalarni berdi.

Toshkentdagi sayilgohda bepul muzqaymoq tarqatilmoqda

Muzqaymoq nomi uning yog‘lik darajasi bildirishi kerak. Sutli muzqaymoqda uning darajasi 7,5 foizdan ko‘p emas, qaymoqli shirinlikda 8 foizdan 11,5 foizgacha, plombirda esa 20 foiz bo‘lishi mumkin.

GOSTga asosan, muzqaymon qaymoq yoki sutdan, tabiiy aromatizatorlar, sarog‘ va tuxumdan tayyorlanishi kerak. Agar tarkibida palma yog‘i bo‘lsa, bu tarkibida sutmahsulot bo‘lgan  muzqaymoq deyiladi va uning narxi arzon bo‘lishi kerak.

Stabilizatorlarsiz zamonaviy muzqaymoqni topish qiyin. Stabilizatorlar va quyuqlashtiruvchi moddalar muzqaymonning shaklini saqlashga yordam beradi. Ammo boshqa moddalarining tabiiy ekanligiga e’tibor qaratish mumkin.

Agar kimdir muzqaymoq tarkibida E-qo‘shimchalar kamroq bo‘lishini xohlasa, ular tarkibida agar-agar yoki jelatin bo‘lgan muzqaymoqni qidirishi kerak.

Sifatli muzqaymoq bir xil rangda ega bo‘lishi zarur. Sariqlik – bu mahsulotning yuqori yog‘ darajasini bildirishi mumkin. Shakar-qiyomli qismida oq rangli qatlam izlari bo‘lsa bu sifatsiz muzqaymoq. Muz parchalari (kristallari) shirinlik qayta muzlatilgani haqida dalolat beradi – ehtimol mahsulot yaroqsiz bo‘lib qolgan.