O‘zbekistonda hayvonlarga ozor berganlar uchun jazo kuchaytirildi

O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 29-may – Sputnik. O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.

Bu prezident imzolagan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunda nazarda tutilgan. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.

“Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish ularning o‘limiga yoxud mayib bo‘lishiga olib kelsa, xuddi shuningdek hayvonlarni qiynash, –

eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;

shuningdek:

“Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan bo‘lsa, –

eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi”, - deyiladi hujjat matnida.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar IIBB hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish va hayvonlar janglari tashkilllashtirishga qarshi qaratilgan qonun ishlab chiqish bo‘yicha taklif tayyorlayotgani haqida xabar qilingan edi.

Ko‘rgazma niqobi ostida itlar jangi tashkil qilgan fuqarolar jazolandi

"Inson bo‘l" #ozorberma ijtimoiy tadbiri boshlandi

O‘zbekiston qonunchiligida hayvonlar janglarini ta’qiqlovchi qonun yo‘q, lekin hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish haqidagi qonun bor. Unga ko‘ra aybdor EKIHning 0,5 – 2 miqdorida jazolanishi mumkin edi.

2018-yilda Mening Fikrim saytida “Hayvonlarni himoya qilish to‘g‘risida” qonun qabul qilish tashabbusi ilgari surilgan edi.

Petitsiya mualliflari hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarga nisbatan javobgarlik chorlarini kuchaytirish, uysiz qolgan hayvonlarning ko‘payishini nazorat qilish dasturini qabul qilish, uysiz havonlarning qonuniy mavqeyini belgilash va ularni vaqtincha saqlash punktlari ochishni taklif qilishgan edi.