Zelenskiy Saakashviliga Ukraina fuqaroligini qaytarib berdi

Saakashvili Odessa viloyati iqtisodiy ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yomonlashtirib yuborgani uchun Poroshenko uni 2016-yil noyabr oyida lavozimidan ozod qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 28-may – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy sobiq Gruziya prezidenti Mixail Saakashviliga mamlakat fuqaroligini qaytarib berdi.

Saakashvili Putinning unga Ukraina pasporti qaytarilishi haqidagi so‘zlariga izoh berdi

Bu haqda Ukraina prezidenti qarori imzolandi.

Ukraina prezidentining 2017-yil 26-iyuldagi qarori Saakashvilini Ukraina fuqaroligini yo‘qotish haqida tegishli bandiga o‘zgartirish kiritildi.

Mixail Saakashvili Gruziyani 2013-yilda tark etgan. Gruziyada unga nisbatan qator jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan va ulardan ba’zilari bo‘yicha sirtdan qamoq jazolari tayinlangan.

2015 yil bahorida Potr Poroshenko Saakashviliga Ukraina fuqaroligini berib, uni Odessa viloyati gubernatori etib tayinlagan. Ammo Saakashvili viloyatni rivojlantirish bo‘yicha va’dalarni bajarmagani va uning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yomonlashtirib yuborgani uchun Poroshenko uni 2016-yil noyabr oyidayoq uni lavozimidan ozod qilgan.