“Ashan” O‘zbekistonning meva-sabzavot salohiyatiga baho beradi

O‘zbekistonga eng yirik savdo tarmog‘ining Rossiya delegatsiyasi tashrif buyuradi.
Sputnik

TOShKENT, 28-may – Sputnik. Joriy yilning iyun oyi boshlarida “Ashan Riteyl Rossiya” mamlakatning oziq-ovqat sanoati salohiyatini o‘rganish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston elchixonasi xabar qildi.

Tashrif 2-iyundan 6-iyunga qadar davom etadi. Uchrashuv tashkilotchilari O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi va “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasidir.

Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasi rivojlantiriladi

Rossiya delegatsiyasi “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati, MChJ Agro Organic Product, Gold Dried Fruits Export va Adis Textile bilan muzokaralar o‘tkazadi. Shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma imzolash imkoniyati ko‘rib chiqiladi.

Delegatsiya Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan intensiv bog‘lar, bozorlar va savdo markazlariga tashrif buyuradi. Bundan tashqari, rossiyalik ishbilarmonlar meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlar va saqlash infratuzilmalarining rivojlanish darajasini baholash istagidalar.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 1-maydan boshlab “Ashan”ning Rossiya savdo tarmog‘iga sinov tariqasida meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berishni boshladi.

Bu haqda aprel oyi oxirida “Ashan” rahbarlari va qator mahalliy korxona delegatsiyalari o‘rtasida kelishuvga erishilgan edi.