TOShKENT, 27-may – Sputnik. Odessa markazida joylashgan 51 – sonli koloniyada mahbuslar ison ko‘tardi.
Xabarda aytilishicha, yuzdan ortiq mahbus koloniya ichida kirishni to‘sib qo‘ydi va 6 nafar tibbiyot ishchi va quriqchilarni garovga oldi.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, 15 nafar mahbus qochib ketdi. Ta’kidlanishicha, mahbuslar koloniyada o‘t qo‘yib, ma’muriy binoni bosib olishga harakat qildi.
Isoning sababi mahbuslarning qoniqarsiz shart-sharoiti va “sifatsiz ovqatlanish” deb aytilmoqda.
Ison oqibatida 3 nafar mahbus va ikki nafar quriqchi jarohat olgani haqida xabar berilmoqda.
Qamoqxona yaqiniga qo‘shimcha politsiya va Milliy gvardiya qo‘shinlari olib kelindi.
Jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Videoda politsiya xodimlari voqea joyida harakatlari aks etgan.