Moskva va Toshkent HTH sohasida qator bitimlar imzoladi

Rossiya va O‘zbekiston Hukumatlararo komissiyasining keyingi yig‘ilishi Rossiyada 2020-yilda o‘tkaziladi.
Sputnik

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston harbiy-texnik hamkorlik sohasida bir nechta bitimlar imzoladi.

O‘zbek armiyasiga Pentagon tajribasi nega kerak bo‘lmasligi haqida

Rossiya Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati xabariga ko‘ra, hujjatlar Rossiya-O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasining harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha yig‘ilishi yakunida imzolangan. Samarqanddagi yig‘ilish HTH bo‘yicha Federal xizmat direktori Dmitriy Shugayev va O‘zbekiston mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi raisi Atabek Ibadullayev raisligida o‘tkazildi.

Tomonlar kelajakda harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishga ikkiyoqlama manfaatdorlikni tasdiqladilar va erishilgan kelishuvlar bo‘yicha aniq rejalarni belgilab oldilar, deyiladi xabarda.

"Yig‘ilish yakunida bayonnoma imzolandi, 2016-yilgi kelishuv doirasida qator shartnomalar tuzildi", - deb ko‘rsatilgan idora saytida.

Rossiya va O‘zbekiston Hukumatlararo komissiyasining keyingi yig‘ilishi Rossiyada 2020-yilda o‘tkaziladi.