Bir soatga xotin, prokatga qiz - Yaponiyada ajabtovur servis ommalashmoqda

Yuqori texnologiyalar asrida yaponlar o‘ylab topmagan narsa deyarli qolmagan, hisob. Misol uchun, ularda butun boshli oilani prokatga olishga imkon beruvchi servis paydo bo‘ldi. Bu biron bir tadbirga yolg‘iz kirib borishni istamaydigan so‘qqabosh erkaklarga juda qo‘l kelmoqda
Sputnik

Hozirgi zamonda, hayot qaynab, aksariyat odamlar karyeraga boshi bilan sho‘ng‘igan bir vaqtda, aksariyat odamlar uchun oila qurish besh-olti va undan keyingi darajalarga o‘tib qolmoqda.

Nikohga yangicha nigoh: O‘zbekistonda oila qurmoqchi bo‘lganlarni nimalar kutmoqda ?

Bunday holat ayniqsa, oxirgi vaqtlarda Yaponiyada ko‘p kuzatilmoqda.

Ko‘plab yoshlar oila qurishga vaqt topa olmaganliklari uchun bo‘ydoqligicha qolmoqda.

Shu uchunmi, oilani prokatga taklif etayotgan servislar - Yaponichda keyingi vaqtlarda juda ommalashmoqda.

Bir nafar qarindosh prokati bahosi - bir kunga 200 dollar.

Hozirda ushbu ajabtovur xizmatni yo‘lga qo‘ygan kompaniyaga bir oyda 250ga yaqin murojaatlar kelib tushayotgani qo‘shimcha qilingan.