O‘zbekiston yo‘llar qurilishiga munosabatni Roland Berger yordamida o‘zgartiradi

O‘zbekiston avtomobil yo‘llari bo‘ylab joy olgan obyektlarni rivojlantirish, yo‘llar bo‘ylab hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va landshaft dizayni elementlarini joriy etishda chet el tajribasi keng qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan.
Sputnik

TOShKENT, 24-may - Sputnik. Germaniya kompaniyasi Roland Berger O‘zbekiston bilan umumiy qiymati 2,6 million yevro bo‘lgan yo‘l qurilishini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar qilmoqda "Podrobno.uz".

O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘llari paydo bo‘ladi

Xabarga ko‘ra, yangi strategiya yo‘llarni loyihalashtirishda, qurishda va ta’mirlashda zamonaviy standart va texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutadi. 

Shuningdek, avtomobil yo‘llari qurilishi va sun’iy qurilmalarni barpo etish sohalarida Germaniyaning yetakchi injiniring kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston avtomobil yo‘llari bo‘ylab joy olgan obyektlarni rivojlantirish, yo‘llar bo‘ylab hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va landshaft dizayni elementlarini joriy etishda chet el tajribasi keng qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Germaniya transport va infratuzilma federal vazirligi bilan hamkorlikni boshlashni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Germaniyaning Roland Berger GmbH kompaniyasi dastavval 2018-yilning noyabr oyida avtomobil yo‘llarini rivojlantirish istiqbollari konsepsiyasini ishlab chiqish to‘g‘risida kelishuvga erishgan edi.