Qadimiy tangani O‘zbekistondan olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushdi

Fuqaro o‘zi bilan 1750-yilda zarb etilgan qadimiy tangani olib ketishga urindi.
Sputnik

TOShKENT, 23-may – Sputnik. O‘zbekistondan 2,5 asrlik madaniy boylikni yashirincha olib chiqish rejasi fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar qildi.

Rossiya imperiyasi davridagi oltin tangalarni sotganlar qo‘lga tushdi

Qayd etilishicha, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Buxoro-Moskva” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib ketayotgan fuqaro ko‘zdan kechirilgan.

Fuqaro o‘zi bilan 1750-yilda zarb etilgan qadimiy tangani olib ketishga uringani aniqlangan.

Hozirda ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingan qadimiy tanga Buxoro davlat badiiy me’morchilik muzey qo‘riqxonasi tasarrufiga topshirildi.