Umrbod o‘zbek futbolidan chetlatilgan Babayan yana bosh murabbiylikka qaytdi

2018 yil yanvarda O‘FA tomonidan Babayan umrbod o‘zbek futbolidan chetlatilgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 23-may - Sputnik. Samvel Babayan oradan 1,5 yil o‘tib yana bosh murabbiylikka qaytmoqda, deb xabar qildi "Xalq so‘zi" nashri.

Yonib ketgan avtobus, MXX kelajagi va Babayan futboldan umrbod chetlashtirilishi

Ta’kidlanishicha, Babayan Toshkentning "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "temiryo‘lchilar" rahbariyati jamoaning so‘nggi vaqtlardagi natijasidan qoniqish hosil qilmagan va bosh murabbiy Andrey Fodorovni iste’foga chiqarishga qaror qilgan. Uning o‘rniga klub prezidentining maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgan Samvel Babayan tayinlangan. Tez orada bu boradagi rasmiy ma’lumot chiqishi kutilmoqda.

Samvel Babayan 2019-yil fevral oyidan buyon "Loko" tizimida ishlab kelmoqda. Uning klub prezidenti maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.

Oldinroq, 2018-yil yanvarda O‘FA tomonidan Babayan umrbod o‘zbek futbolidan chetlatilgan edi. Oradan bir yil o‘tib, Babayanning diskvalifikatsiyasi ikki haftadan so‘ng bekor qilingani ma’lum bo‘ldi.