Ukrainada Zelenskiy iste’fosini talab qilishmoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy iste’fosi uchun petitsiya e’lon qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 23-may – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy iste’fosi uchun petitsiya e’lon qilindi

RIA Novostining xabar qilishicha, petitsiya Ukraina prezidenti saytida ro‘yxatga olingan.

Zelenskiyning iste’foga chiqishini qo‘llab-quvvatlab ayni damda petitsiyani 4405 kishi imzolagan. Petitsiya rasman ko‘rib chiqilishi uchun 90 kun beriladi va shu vaqt mobaynida 25 ming imzo yig‘ishi lozim. 

Zelenskiy prezidentlik kursisidan shikoyat qildi

Petitsiya matnida “xalq xizmatkori”ning saylovoldi jarayonida shakllangan o‘z xalqi oldida ma’naviy mas’uliyatga ega emasligi va yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan vaziyatni yuzaga keltirgani qayd etilgan.

“Shu munosabat bilan, biz, Ukraina xalqi, Ukraina prezidenti lavozimidan zudlik bilan iste’foga chiqishingizni talab qilamiz”, - deyiladi petitsiya matnida.

Mualliflar Zelenskiyni aniq bir va’da va siyosiy ko‘rsatmalar bermasdan, noroziliklarni birlashtirganlikda ayblashgan. Shuningdek, u prezident etib saylangan so‘ng aniq bir yo‘l va yo‘nalishga ega emasligini bayon qilishgan.

Petitsiya mualliflariga ko‘ra,  yangi davlat rahbarini aslida 73 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatlamaydi.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Zelenskiy 21-aprel kuni o‘tkazilgan saylovning ikkinchi turida amaldagi prezident Petr Poroshenkoni katta farq bilan ortda qoldirib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. U saylovda ishtirok etgan ukrainlarning rekord darajada 73,22 foiz ovozini olishga muvaffaq bo‘ldi.