GM Uzbekistan Ukrainaga avtomobillar eksportini qayta tikladi

Avtomobili Ravon
Kompaniya bugungi kunga qadar Qirg‘iziston, Belarus, Afg‘oniston va Tojikistonga avtomobillar eksportini amalga oshirgan
Sputnik

TOShKENT, 23-may - Sputnik. GM Uzbekistan kompaniyasi Ukrainaga avtomobillar eksportini qayta yo‘lga qo‘ydi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan
Ukraina O‘zbekiston yengil avtomobillariga nisbatan surishtiruvini to‘xtatdi

"Ukrainaga R4 va R2 modelidagi avtomobillar eksport qilinadi", - deb qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Kompaniya bugungi kunga qadar Qirg‘iziston, Belarus, Afg‘oniston va Tojikistonga avtomobillar eksportini amalga oshirdi. Shuningdek Qozog‘istonning Kostanay shahrida ham kompaniya avtomobillari yig‘ilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kompaniya 2019-yilni faoliyatida eksport salohiyatini oshirish yili deb e’lon qilgan, shu munosabat bilan bugungi kunda kompaniyada ushbu sohadagi faoliyatni jadallashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.