O‘zbekiston fuqarosi Boku shahrida vafot etdi

O‘zbekistonlik o‘tkir yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan.
Sputnik

TOShKENT, 22-may – Sputnik. O‘zbekiston fuqarosi Ozarbayjonning Boku shahrida vafot etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Mamlakatning Ozarbayjondagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra,  2019-yilning 16-may kuni Toshkent shahridan Boku shahriga kelgan O‘zbekiston fuqarosi Muratov Bahodir Mahamadaminovich, 20.02.1974-yilda tug‘ilgan, 19-may kuni vafot etdi.

TIV: Xitoyda qamoqqa olingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

“Mahalliy hukumat organlari tomonidan o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza natijalariga ko‘ra ma’lum bo‘ldiki, o‘lim o‘tkir yurak yetishmovchiligi oqibatida sodir bo‘lgan”, - deyiladi xabarda.

Konsullik-huquqiy departamenti B.Muratovning qaridoshlarini quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlarini so‘ragan: +99899-860-89-98 (Toshkent shahri), +99450-298-33-11, +99412-497-25-52 (Boku shahri, O‘zbekiston Elchixonasi).

Biroz oldin Xitoyda mamlakat qonunchiligini buzganlik uchun hibsga olingan O‘zbekiston fuqarosiga yordam ko‘rsatilgani xabar qilingan edi.