TOShKENT, 22-may – Sputnik. 2019-yilning 1 choragida aholi daromadi oshdi, deb xabar qilindi Oliy Majlisda bo‘lib o‘tgan Xalq – Demokratik partiyasi majlisida.
Moliya vazirligi hisobotiga ko‘ra, 2019 yilning 1 choragida aholdi daromadi miqdori 64,9 trillion so‘mni tashkil qilgan. Bu o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 123,1 %ga ko‘p. Lekin iste’mol narxlarining o‘sishini ham hisobga olganda, aholining real daromadlari o‘sishi miqdori 108,6 %ni tashkil qilganini ko‘rish mumkin, - deyilgan xabarda.
Oliy Majlisda kengashida, shuningdek, davlat budjetini bajarish, investitsiyalar jalb qilish va aholi farovonlik darajasini oshirish masalalari muhokama qilindi. Undan tashqari so‘nggi yillarda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash miqdori oshgani ham qayd etildi.