Trampni devor kostumini kiygan miting ishtirokchisi hayratda qoldirdi

Meksika bilan chegarada devor qurish Trampning asosiy saylovoldi va’dalaridan biridir.
Sputnik

TOShKENT, 22-may – Sputnik. Amerika prezidenti Donald Trampni Pensilvaniya shtatidagi mitingga g‘isht devori kostumini kiygan ishtirokchi hayratda qoldirdi. Bu haqda Fox News xabar qildi.

Tramp tanga tashlashi internet foydanuvchilarining kulgisiga sabab bo‘ldi

Qayd etilishicha, nutq so‘zlayotgan Tramp o‘zgacha kostum kiygan erkakni ko‘rib qolib, undan sahnaga chiqishini so‘raydi. Miting ishtirokchilarining gulduros qarsaklari ostida uning qo‘lini siqadi.

“Bu yigitga qarang-a! Endi biz u kimga ovoz berishini bilamiz”, - deya hazil qildi Tramp.

Videoda g‘isht devori surati bo‘lgan bo‘yinbog‘ va kostum kiygan erkakni ko‘rish mumkin. Shuningdek, uning qo‘lida “Meni qurgin”, degan yozuvi bor taxtacha ham bor.

Qayd etish joizki, Meksika bilan chegarada devor qurish Trampning asosiy saylovoldi va’dalaridan biridir.