TOShKENT, 22-may – Sputnik. Rossiya strategik raketa qo‘shinlari “Avangard” majmualarini qabul qilishni boshladi. Bu haqda RSRQ qo‘mondoni Sergey Karakayev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Orenburg viloyatida “Avangard” majmuasini o‘rnatish uchun tuzilma tashkil qilingan. Yil yakuniga qadar jangovar navbatchilikka qo‘yish rejalashtirilgan.
O‘tgan yili Mudofaa vazirligi “Avangard” majmuasining gipertovushli raketasini sinovdan o‘tkazdi.
Raketa Orenburjyedagi Dombarov tumanidan start oldi va 6 ming km masofada Kamchatkada o‘rnatilgan nishonga tegdi.
Harbiylar ma’lumotlariga ko‘ra, raketalarni sinovdan o‘tkazish dasturi to‘liq bajarildi.
Vladimir Putin “Avangard” majmuasini AQSh raketaga qarshi mudofaa tizimiga “yetarli va assemmetrik” javob deb atadi.