Rosgvardiya O‘zbekistonni Xitoy bilan hamkorlikdagi mashg‘ulotlariga taklif qiladi

Hamkorlikdagi mashg‘ulotlarda Belarus, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston delegatsiyalari ham kuzatuvchi sifatida ishtirok etishadi.
Sputnik

TOShKENT, 22-may – Sputnik. Rossiya va Xitoy huquqni muhofaza qiluvchilari o‘rtasidagi hamkorlikdagi mashg‘ulotlarga O‘zbekistonni kuzatuvchi sifatida taklif qilishadi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Xrolenko o‘zbek-belarus mashg‘ulotlari haqida: ko‘lam emas, voqeaning o‘zi muhim

Qayd etilishicha, hamkorlikdagi mashg‘ulotlarda Belarus, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston delegatsiyalari ham kuzatuvchi sifatida ishtirok etishadi.

Eslatib o‘tamiz, 19-may kuni Sharqiy harbiy okrug “G‘urumsaroy” dala-o‘quv maydonida “Jangovar hamdo‘stlik – 2019” shiori ostidagi O‘zbekiston – Belarus maxsus bo‘linmalari o‘rtasidagi hamkorlikdagi mashg‘ulotlarning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda Belarus harbiylari bilan hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘tkaziladi