Makgregor Nurmagomedov bilan yuz bergan mojaro bo‘yicha izoh berdi

Konor Makgregorning so‘zlariga ko‘ra, Habib Nurmagomedov o‘zi mushtlashuvni boshladi.
Sputnik

TOShKENT, 22-may – Sputnik. Aralash yakkakurash bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregor 2018-yil oktabrda UFC 229 musobaqasida rossiyalik sportchi Habib Nurmagomedov bilan yuz bergan mushtlashuv bo‘yicha izoh berdi. Bu haqda bjpenn.com xabar qildi.

Habib Nurmagomedovning keyingi jangi qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

“Bu sodir bo‘ldi – jang o‘tkazildi. Habib panjaradan oshib o‘tib, olomon ichiga sakradi, shu bilan mushtlashuvni boshladi. Biroq shuni qilgandan keyin darhol yashirindi. U qurqoqlik qildi desam ham bo‘ladi, uning butun jamoasi – kichkina kalamushlar. Lekin u jangda g‘alaba qozondi, hurmatim va tabriklarim unga”, - dedi Konor.

Shuningdek, Makgregor ular yana oktagonda uchrashishiga umid bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, aralash yakkakurash bo‘yicha jangchilar Nurmagomedov va Makgregorning katta mojaro bilan yakunlangan mushtlashuvi o‘tgan yil 6-oktabr sanasida Las-Vegasdagi T-Mobile arenasida o‘tkazilgan edi.

Habib Nurmagomedov yana ayiq bilan kurash tushdi - video

Habib bo‘g‘uvchi usulni qo‘llab, g‘alaba qozongandi. Ammo keyin oktagon setkasidan sakrab Makgregorning sparring-sherigi Dillon Denis bilan jang uyushtirgandi. Shu tufayli unga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanilgan edi.

Joriy yil 29-yanvar kuni AQShning Nevada shtatida Atletika komissiyasining UFC 229 jang oqshomida yuz bergan janjal yuzasidan sud eshituvi bo‘lib o‘tdi.

Komissiya qaroriga ko‘ra, jang oqshomida janjal uyushtirgan Habib Nurmagomedov 9 oyga janglardan chetlatilib, unga 500 ming dollar miqdorida jarima to‘lash majburiyati yuklatilgan edi.

Shuningdek, Habibning amakivachchasi Abubakar Nurmagomedov va uning do‘sti Zubayra Tuxugov ham 1-yilga chetlatilib, ularga 25 ming dollardan jarima to‘lashlari belgilangan edi.