Italiyada rossiyalik turistlar avtobusi YTHga uchradi – qurbonlar bor

Italiyaning Siyena provinsiyasida avtobus ag‘darilib ketdi. Avtobusda jami 60 kishi bo‘lganligi aytilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 22-may - Sputnik. Italiyaning Siyena provinsiyasida avtobus ag‘darilib ketdi. Bu haqda RIA Novosti mahalliy politsiya ma’lumotlariga asoslanib xabar qildi.

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, avtobus ichida rossiyalik turistlar bo‘lgan.

Xabarda qayd etilishicha, YTH oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana 10 kishi jarohatlangan.

Avtobusda jami 60 kishi bo‘lganligi aytilmoqda.

Hozirda Italiya politsiyasi hodisa tafsilotlarini aniqlash maqsadida tekshirish ishlarini olib bormoqda. YTH oqibatida jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.