Xorijiy fuqarolarga yer sotmaymiz – Qozog‘iston prezidenti

Qozog‘iston prezidenti Kostanay viloyatida yer masalasi bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuvda bu haqda bayonot berdi.
Sputnik

TOShKENT, 21-may – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev aytgan bayonotiga ko‘ra mamlakat yerlari xorijiy fuqarolarga sotilmaydi.

Prezident bayonotini matbuot kotibi Berik Uali Facebook sahifasiga joylashtirdi.

“Xorijiy fuqarolarga yer sotilmaydi. Bu prezident sifatida pozitsiyam”, - deb ta’kidladi Tokayev uchrashuvda.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda 2016-yilda Yer kodeksi qoidalarini muhokama qilish chog‘ida (chet el fuqarolariga 10-yildan 25-yilgacha ijara shartlarini ko‘paytirish taklif qilingan) qator viloyatlarda miting va norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgandi.

Shu sababli Yer kodeksi qabul qilish yuzasidan 2021-yilgacha moratoriy joriy etilgandi.