Ukraina Rossiya gazini tranzit qilishdan mahrum bo‘lmoqda – video

Boltiq dengizida “Shimoliy oqim -2” gaz quvurini qurish ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda. Bu quruv Rossiyani Germaniya bilan bog‘laydi.
Sputnik

Gaz quvurining umumiy uzunligi 1,2 ming kilometrni tashkil qiladi. Qurilish ishlari tunu-kun olib borilmoqda.

Qurilishni Germaniya, Shvetsiya va Finlyandiya qo‘llab-quvvatladi. AQSh esa yangi sanksiyalarni kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQSh Energetika vaziri Rik Perri Ukraina prezidenti inauguratsiyasida ma’lum qildi.

Bu gaz quvuri yordamida Yevropa mamlakatlari gazni har qanday vaziyatda uzluksiz va zarur miqdorda olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.