Navoiy viloyatining 3 ta davlat soliq inspeksiyasida yangi rahbarlar ish boshladi

Navoiy viloyati davlat soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi
Sputnik

TOShKENT, 21-may - Sputnik. Navoiy shahri, Zarafshon shahri va Uchquduq tumanlarida davlat soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi, deb xabar qildi DSQ matbuot xizmati.

Toshkentda 30% soliqchilar attestatsiyadan o‘ta olmadi

Jumladan: Nurmatov Husniddin Nasriddinovich — Navoiy shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Nurmatov 1976-yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. 2007-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Navoiy viloyati Navoiy tumani davlat soliq inspeksiyasining Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Shu kungacha esa, u Navoiy viloyati Zarafshon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Ahmedov Alisher Suvonovich — Zarafshon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Ahmedov 1981-yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. 2010-yili Navoiy davlat pedagogika institutini, 2012-yili Soliq akademiyasini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Navoiy viloyati Karmana tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimi lavozimida boshlagan. Yangi lavozimga tayinlanguniga qadar u Navoiy viloyati Navbahor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Shayxontohur tumani soliqchilari yoppasiga ishdan bo‘shatilmagan – DSQ

Shodiyev O‘tkir Ne’matovich — Uchquduq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Shodiyev 1970-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1994-yili Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Navoiy viloyati Xatirchi tumani davlat soliq inspeksiyasi Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqqa tortish bo‘limi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. U yangi lavozimda ish boshlaguniga qadar Navoiy viloyati Navoiy shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.