Markaziy Osiyo davlatlari AQSh bilan halol ishlab bo‘lmasligini tushunmayapti - Klinsevich

Rossiya Federatsiyasi Federatsiya kengashining mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi Frans Klinsevich Tojikiston prezidentining Afg‘oniston bilan chegara borasidagi bayonotiga izoh berdi
Sputnik

Ilgariroq Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Afg‘onistonda amerika harbiy kontingenti mavjudligiga qaramay, mintaqadagi ahvol xavf tug‘dirishda davom etayotgani, terroristik uyushmalar dangarilari esa o‘zlarining kattagina guruhlarini mamlakat shimoliga o‘tkazayotgani haqida bayonot qilgan edi.

Afg‘oniston va MDH chegarasida 10 mingdan ortiq jangari to‘plangan – Manilov

Sputnik Tojikiston radiosi efirida Klinsevich amerikalik siyosatchilar har doim do‘stlik haqida gapirishlarini ta’kidlab o‘tdi.

"Ammo bu so‘zlar AQSh maxsus xizmatlari destruktiv (zararli) jarayonlar ustida ishlashni to‘xtatganini anglatmaydi. Bu yo‘nalishda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Ular hammasiga tupurgan, jahondagi jarayonlar qanchalik zararliroq bo‘lsa, boshqa mamlakatlarda, ayniqsa, Rossiyada muammolar ko‘proq bo‘ladi. Ammo ko‘pdan-ko‘p hollarda bizning hamkasblarimiz bu haqda eshitishni unchalik istashmaydi, Markaziy Osiyoning ayrim davlatlari amerikaliklar bilan halol ishlab bo‘lmasligini anglamagan holda u bilan munosabat qurmoqda. G‘arb maxsus xizmatlari zarbasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Markaziy Osiyo davlatlariga  qaratilmagan. Bu yerda agar juda ochiq aytadigan bo‘lsak - pirovard maqsad Rossiya uchun muammolar yaratishga, ayniqsa bizning yaqin qo‘shnilarimiz bilan chegarada qiyinchiliklar tug‘dirishga qaratilgan", - deya tushuntirdi Klinsevich.