Xalq ta’limi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosarini tayinladi.
Sputnik

TOShKENT, 21-may – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosarini tayinladi.

Prezident qaroriga ko‘ra, Temurjon Komilov O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimini egalladi. U xalq ta’limi sohasida moliyaviy-iqtisodiy masalalarga mas’ul hisoblanadi.

"Hammasi oq qog‘ozdan boshlanadi": XTV rahbari tizimdagi o‘zgarishlar haqida

Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Temurjon Komilov xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishi bo‘yicha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2004-yil bakalavriyat va 2006-yili magistraturani tamomlagan. 2005-2017 yillarda davlat organlarida faoliyat yuritgan.

2017 yildan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasida ishlab kelgan. 2018-yilda u Hisob palatasining Budjet tizimi budjetlari shakllantirilishi va xarajat qismi ijro etilishini nazorat qilish sho‘’basi bosh inspektori lavozimida ishlab kelgan.

Temurjon Komilov ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori sifatida faoliyat olib borayotgan Atabek Nazirov o‘rnini egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Atabek Nazirov 2019-yil yanvar oyida Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlangan.