Gereyev: Afg‘oniston narkotrafigi Rossiya va MDH mamlakatlari uchun xavf tug‘diradi

Shimoliy Kavkaz Islom tadqiqotlari markazi direktori Ruslan Gereyev Afg‘onistondan kelayotgan narkotrafikni qanday to‘xtatish mumkinligi haqida so‘z yuritdi.
Sputnik

Rossiya dumasi raisi Vacheslav Volodin Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) Parlament assambleyasi ishtirokchilarini Afg‘onistondan kelayotgan narkotrafikni to‘xtatish uchun qonun ishlab chiqarishga chaqirdi.

Gereyevning ma’lum qilishicha, afg‘on giyohvand moddalari AQSh uchun xavf tug‘dirmaydi, aynan shuning uchun Amerika hukumati sustkashlik qilmoqda. Biroq Rossiya va MDH mamlakatlari uchun afg‘on giyohvand moddalari haqiqiy xavfni keltirib chiqarmoqda.

Kamilov: O‘zbekiston terrorizm muammosiga qarshi birgalikda kurashga chorlaydi

Uning fikriga ko‘ra, Afg‘oniston hududida narkotrafikka qarshi kurashishda haqiqatdan ham foyda keltirishi mumkin bo‘lgan hamkorlikning yangi shakllarini, yangi koalitsiya tashkilotlarini va boshqa uyushmalarni barpo qilish vaqti kelgan.

“KXShT va Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari tomonidan turtki lozim”, - dedi Gereyev Sputnik Tojikiston radio efiri chog‘ida.

Shuningdek, mutaxassis Afg‘oniston chegarasidagi harbiylarning bo‘lishi behuda deb hisoblaydi. Chunki harbiylarning vazifasi boshqa, narkotrafikka qarshi esa muayan choralarni qo‘llab, kurashish lozim.

Yoshlar o‘rtasida giyohvand moddalarining naqadar zararli ekanligi haqida tashviqot ishlarini olib borish juda muhim, deya qo‘shimcha qildi Ruslan Gereyev.