Buxorolik 28 yashar yigit rashk sababli o‘z xotinini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Prokuratura O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 21-may – Sputnik. Bosh prokuratura matbuot xizmati 20-may kuni Buxoro viloyatida yuz bergan qotillik haqida xabar qildi.  

Xorazm viloyatida obunadan tushgan mablag‘lar talon-toroj qilindi

Xabarda aytilishicha, 20.05.2019 yil soat 02:30 larda G‘ijduvon tumani, Sho‘rcha mahallasida yashovchi fuqaro B.M. (1991 y.t.) o‘zi yashab kelayotgan uyda turmush o‘rtog‘i Z.S.ni (1994 y.t.) rashk oqibatida o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida uning bo‘yin qismidan bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan B.M.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

B.M. tegishli protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, 13-may kuni Xorazm viloyatida ham rashk ortidan qotillik sodir etilgandi. Shovot tumani, “Arbek” mahallasida yashovchi fuqaro M.O. (1973 y.t.) turmush o‘rtog‘i F.E.ni rashk qilib, o‘rtalarida kelib chiqqan janjal sababli, yashash uyida oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘ining bo‘yin qismiga jarohat yetkazgan, oqibatda F.E. (1978 y.t.) voqea joyida vafot etgandi.