“Boshlandi”: Poroshenkoga nisbatan davlatga xiyonat moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Ukraina davlat tergov burosi Ukraina sobiq prezidenti Potr Poroshenkoga nisbatan davlatga xiyonat ayblovi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Sputnik

TOShKENT, 21-may – Sputnik. Ukraina davlat tergov burosi Ukraina sobiq prezidenti Potr Poroshenkoga nisbatan davlatga xiyonat ayblovi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda RIA Novosti DTB direktorining birinchi o‘rinbosari Olga Varchenkoga asoslangan holda xabar qilmoqda.

Poroshenko sudga berildi

Ta’kidlanishicha, tergov ishlari Andrey Portnov arizasi asosida boshlangan. Portnov Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovich ma’muriyati sobiq rahbarining o‘rinbosari bo‘lgan.

Xabarda yozilishiga ko‘ra, so‘z 2018-yilning 25-noyabr kuni sodir bo‘lgan hodisa haqida bormoqda. 25-noyabr kuni ertalab Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining “Berdansk”, “Nikopol” va “Yani Kapu” kemalari Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, Rossiyaning hududiy suvlariga kirgan. Qora dengizdan Kerch bo‘g‘ozi bo‘ylab harakat qilishgan. Ular Rossiya harbiylarining talablariga bo‘ysunishmagan va natijada qo‘lga olingan.