TOShKENT, 20-may – Sputnik. Seul shahridagi kvartirada sodir bo‘lgan yong‘in natijasida og‘ir kuyish jarohatini olgan talaba, O‘zbekiston fuqarosi Mutal Yuldashev 19-may kuni “Hanil” kasalxonasida vafot etdi. Bu haqda TIV xabar qildi.
Xabarda qayd etilishicha, hozirgi paytda marhumning jasadini otasi Muxtor Yuldashev va akasi Farhod Yuldashev hamrohligida Seul shahridan Toshkentga jo‘natishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti Mutal Yuldashevning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etib, Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Seul shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +82-2-574-65-54, +82-2-577-36-60
Avvalroq Janubiy Koreyaning Seul shahridagi kvartirada joriy yilning 9-may kuni sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik Farrux Mo‘minovning jasadiToshkentga jo‘natilgani xabar qilingandi.