Toshkentda “simob operatsiya”si amalga oshmadi

Har qanday tirik organizmlar uchun yuqori xavfli hisoblanuvchi simob moddasini 17 ming dollarga pullashga uringan shaxslar qo‘lga olindi.
Sputnik

TOShKENT, 20-may – Sputnik. Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati Toshkentda simobni sotishga uringan shaxslar ushlangani haqida xabar qildi.

O‘zbek bojxonachilari ko‘mir orasiga yashirilgan atirlarni aniqlashdi

Xabarda aytilishicha, Toshkentning Chilonzor va Sergeli tumanlarida tezkor tadbir o‘tkazildi.

“Chilonzor tumani hududida fuqaro B.A. fuqaro A.Sh.ga 12 kilogramm simobni 12 ming AQSh dollarga pullashga kelishib, shundan 7000 AQSh dollarini oldindan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.   

Shuningdek, yana bir holatda  Sergeli tumanida fuqaro R.T. tomonidan shartli xaridorga 5 kilogramm simobni 5000 AQSh dollariga noqonuniy tarzda sotish rejasi chippakka chiqarildi”, - deyilgan xabarda.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.