Rossiya va O‘zbekiston “uchburchak” parvozlar haqida  kelishib olishdi

O‘zbekiston havo yo‘llari Rossiyada "uchburchak" parvozlar amalga oshirish imkoniga ega bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 20-may – Sputnik. Aprel oyining oxirida Rossiya va O‘zbekiston delegatsiyalari Moskvada uchrashib fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlik haqida kelishib olishdi, deb xabar qilmoqda Rosaviatsiya matbuot xizmati.

O‘zbekistondan Fransiyaga avia parvozlar soni ko‘paydi

Ikki davlat aviatsiya sohasini boshqaruvchi organlari kelishuviga ko‘ra, har tomondan bir aviakompaniyaga istalgan beshta shahar orasida “uchburchak” parvozlar amalga oshirishga ruxsat beriladi.

O‘zbekiston uchburchak parvozlar uchun Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Yekaterinburg va Qozon shaharlarini tanlab oldi. Rossiya tomon tanlagan shaharlar noma hozircha e’lon qilinmagan. Shuningdek, tomonlar parvozlar sonini bosqichma-bosqich oshirib borishga ham kelishib olishdi. 

"Uchburchak" uslubida parvozlar amalga oshirish deganda - bir mamlakat aviakompaniyasi hamkor davlat hududida biror shaharda to‘xtab, keyin ikkinchi shaharga parvozini davom ettirish imkoniyatini nazarda tutiladi. Odatda parvozlar faqat ikki shahar orasida amalga oshiriladi.