Moskvadagi VDNX pavilonlaridan biri O‘zbekistonga muddatsiz foydalanish uchun beriladi

Rossiya madaniyat vaziri ko‘ra, bu Vladimir Putinning o‘ziga xos ramziy harakati hisoblanadi.
Sputnik

TOShKENT, 20-may - Sputnik. Moskvadagi VDNX pavilonlaridan biri O‘zbekistonga muddatsiz foydalanish uchun beriladi, deya ma’lum Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti bitiruvchilarining V forumida. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

O‘zbekiston VDNXdagi pavilonni o‘ziga qaytarib olmoqchi

"Bu prezidentimiz Vladimir Putinning o‘ziga xos ramziy harakati hisoblanadi – ushbu pavilon mamlakatning eng yaxshi muvaffaqiyatlarini namoyish etish uchun O‘zbekiston Respublikasiga muddatsiz foydalanishga beriladi", - dedi Medinskiy.

66-sonli pavilon 1954-yilda arxitektor Stefan Polupanovning loyihasi bo‘yicha qurilgan. Pavilon binosi g‘o‘za shaklidagi elementlar bilan bezatilgan va o‘zining betakrorligi bilan ajralib turgan.

Ta’kidlanishicha, hozirda u yerda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.