TOShKENT, 19-may – Sputnik. Bugun tongda Samarqand markazida o‘tkazilgan ommaviy yurish marafonida 25 ming kishi ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimiyati matbuot xizmati.
“Samarqand shahrida bugun erta tongdan “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida ommaviy yurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Unda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan 25 mingdan ortiq Samarqandliklar ishtirok etishdi. Shundan so‘ng Registon maydonida musiqa sadolari ostida ertalabki badantarbiya mashqlari bajarildi”, - deyilgan xabarda.
Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholini jismoniy faolligi darajasini oshirishga qaratilgan ushbu tadbirda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ham ishtirok etdi.