O‘n besh yil uzoqroq umr ko‘rishni xohlaysizmi - olimlar tavsiyalari

Olimlar shunday to‘xtamga kelishganki, tez-tez qadam tashlashni afzal ko‘radigan odamlarda yurak yaxshiroq ishlaydi. Bunda vazn hech qanday ahamiyatga ega emas.
Sputnik

TOShKENT, 18-may – Sputnik. Piyoda tez-tez qadam tashlash inson hayotini 15-yilga uzaytirishi mumkin. Lester (Buyuk Britaniya) universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi, deb yozadi The Daily Mail.

Qalampirni xush ko‘ruvchilar uzoq umr ko‘rishadi(mi)?

Mutaxassislar o‘rtacha yoshi 52 yosh bo‘lgan yarim millionga yaqin odamlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqqanlar.

Ma’lum bo‘ldiki, tez-tez qadam tashlaydigan ayollar umrining o‘rtacha davomiyligi 86,7dan 87,8gachani tashkil etadi. Erkaklarda esa bu ko‘rsatkich 85,2-86,8ga teng.

Sekin yuradigan yoki umuman kam harakat qiladigan odamlar kelajagi xavas qilgulikmas. Harakatchan bo‘lmagan ayollar umrining o‘rtacha davomiyligi 74 yoshni, erkaklarniki esa 64,8 yoshni tashkil etgan.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidiga ko‘ra, yurish foydasi inson ortiqcha vaznga ega bo‘lganida ham saqlanib qoladi.

Olimlar ushbu tadqiqot kuzatuv asosida o‘tkazilganini, ya’ni tez yurish inson umrini uzaytirishini dalillamasligini qo‘shimcha qilgan. Shu bilan birga, shifokorlar o‘z mijozlari sog‘lig‘i haqida aniq holatni tasvirlayotganlarida, boshqa testlar qatorida aynan piyoda yurish tezligi markeridan foydalanishlarini unutmaslik lozim.