TOShKENT, 18-may - Sputnik. Yangiyo‘l tumanida "Kobalt"ning "MAZ-509A" yuk mashinasining yarimtirkama bortiga urilishi natijasida ikki kishi vafot etdi, uch kishi shifoxonaga yotqizildi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
IIV xabariga ko‘ra, avariya 17-may kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tuvchi Toshkent-Termiz yo‘lining 827 kilometrida sodir bo‘lgan.
Surxondaryodan bo‘lgan "Kobalt" rusumli avtomashina haydovchisi texnik nosozligi sababli to‘xtab turgan "MAZ-509A" yuk avtomashinasining yarimtirkama bortiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada "Kobalt" avtomashinasi yo‘lovchilari, Surxondaryo viloyatidan bo‘lgan ikki ayol voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek, "Kobalt" avtomashinasi haydovchisi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va uning yana 2 nafar yo‘lovchilariga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.