Toshkent – Issiqko‘l yo‘nalishida mavsumiy poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Restoran vagonda sayyohlar va yo‘lovchilar uchun salqin ichimliklar mavjud bo‘lib, tansiq taomlar ham tayyorlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 17-may – Sputnik. Joriy yilning 6-iyun kunidan boshlab mavsumiy Toshkent – Bishkek – Baliqchi (Issiqko‘l) yo‘nalishida xalqaro yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar qildi “O‘zbekiston temir yo‘llari”.

Rossiyaga qatnash uchun Xitoydan 100ta avtobus sotib olindi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlatlari o‘rtasida sayyohlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan poyezd haftaning har payshanba kuni Toshkent-Markaziy vokzalidan kechki soat 20:50da yo‘lga chiqib, Qozog‘iston hududi orqali harakatlanadi va juma kuni kechki 20:29da Baliqchi vokzaliga yetib boradi. Issiqko‘ldan shanba kuni soat 01:59da harakatlangan poyezd Toshkent shahriga yakshanba kuni soat 05:00da yetib keladi.

Xalqaro qatnov O‘zbekistonning “Salar”, “Chuqursoy”, “Keles2, Qozog‘istonning “Sariag‘ach2, “Aris-1”, “Chimkent”, “Mankent”, “Tulkubas”, “Abail”, “Burnoe”, “Jambul”, “Lugovaya” hamda Qirg‘izistonning “Merke”, “Chalvador”, “Qaindi”, “Qorabolta”, “Belovodsk”, “To‘qmoq” stansiyalari, Bishkek-2 va Baliqchi vokzali orqali amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, Toshkent – Bishkek – Baliqchi (Issiqko‘l) yo‘nalishida xalqaro yo‘lovchi poyezdida yo‘lovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Vagonlar shinam va yorug‘, sovitish tizimlari bilan jihozlangan. Restoran vagonda sayyohlar va yo‘lovchilar uchun salqin ichimliklar mavjud bo‘lib, tansiq taomlar ham tayyorlanadi.