Pompeo: Afg‘onistonda zo‘ravonlik darajasini pasaytirish AQSh va Rossiya manfaatlariga mos

Pompeo ilgariroq Sochida bo‘lib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va RF TIV rahbari Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 17-may - Sputnik. Afg‘onistonda zo‘ravonlik darajasini pasaytirish, AQSh va RF manfaatlariga to‘g‘ri keladi, ikkala davlat ham Afg‘onistondan chiqib kelayotgan terrorizm tahdididan tashvishda, deb bayonot qildi AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo.

Putin va Pompeo qanday masalalarni muhokama qilishi ma’lum bo‘ldi

"Bugun Afg‘onistonda yarashuvga erishish istagida ishlayapmiz. Rossiya Afg‘onistonga juda yaqin, u uchun terrorizm tahdidi mavjud. Bu mintaqadan chiqayotgan terrorizm tahdidi AQShni ham tashvishga soladi. Mana (manfaatlar) o‘xshashligi. Agar biz u yerda zo‘ravonlikni kamaytirishga erishsak, ikkala davlatimizga ham foyda keltirgan bo‘lamiz", - degan Pompeo Fox News Radioga bergan intervyusida.

Pompeo ilgariroq Sochida bo‘lib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va RF TIV rahbari Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazgan edi. 

AQSh Davlat kotibi Putin bilan o‘tkazilgan muzokaralarga "juda muvaffaqiyatli" deya izoh bergan.