XVJ rahbari nima O‘zbekistonni gullab-yashnashga olib kelishini aytdi

Kristin Lagard 2011-yilning iyul oyidan boshlab Xalqaro valyuta jamg‘armasi farmoyish beruvchi direktori vazifasida faoliyat yuritadi. O‘zbekistonga ilk bor keldi, biroq avval Shavkat Mirziyoyev bilan AQSh va Xitoyda uchrashgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 17-may — Sputnik. Savdo-sotiq sohasidagi ochiqlik va qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi munosabatlar O‘zbekistonni innovatsiyalar va gullab-yashnashga olib keladi, dedi Xalqaro valyuta jamg‘armasi farmoyish beruvchi direktori Kristin Lagard. U o‘zining mamlakatga ilk tashrifi doirasida Markaziy bankda ma’ruza bilan chiqish qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Mirziyoyev Nyu-Yorkda XVJ direktori bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Tadbirda iqtisodiyot va sanoat, moliya, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, davlat aktivlarini boshqarish agentligi va davlat statistika qo‘mitasi vakillari hamda Markaziy bank xodimlari va talabalar ishtirok etishdi.

Kristin Lagard o‘z nutqida O‘zbekiston o‘zining yaxshi davrlarida iqtisodiy islohotlar chorrahasi bo‘lganini, yomon davrida esa o‘zini-o‘zi ajratib qo‘yganini ta’kidladi.

“Agar barchamiz birgalikda hal qilish yo‘llarini izlab topsak, bu yerga tashrif buyuruvchilar nafaqat O‘zbekiston tarixi, balki gullab-yashnayotgan kelajagi haqida ham o‘ylaydi”, - dedi Kristin Lagard.

2017 yil sentabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi farmoyish beruvchi direktori Kristin Lagard bilan uchrashgandi.

Uchrashuvda valyuta islohoti jarayonida davlat organlari va tijorat banklarini qo‘llab-quvvatlash, savdodagi tariflarni kamaytirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritilgandi. Davlat budjetini profitsit bilan bajarish, soliq ma’murchiligi va davlat statistikasi sohasini tubdan yaxshilash, bank tizimining barqarorligini ta’minlash, tashqi savdo siyosatini erkinlashtirish kabi vazifalarga e’tibor qaratilgandi

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 25-aprel kuni Xitoyda Kristin Lagardni qabul qilgandi. Kristin Lagard Xalqaro valyuta jamg‘armasi kompleks iqtisodiy va tarkibiy yangilanishlarni amalga oshirish jarayonida O‘zbekistonga zarur barcha yordamni ko‘rsatishni davom ettirishga qat’iy intilishini ta’kidlagan.