Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimi joriy etiladi

2020 yil 1-yanvaridan boshlab, milliy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan haydovchilar shaxslarning yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tartibi joriy etilishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 16-may – Sputnik. Ichki ishlar vazirligi “Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasini tayyorladi.

Toshkentda 5 yashar bolani bosib ketgan haydovchi hodisa joyidan qochib ketdi

Qarorga Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilova qilingan.

“2020 yilning 1-yanvaridan boshlab, milliy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan fuqarolar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholashning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi joriy etilsin:

yil boshidan yo‘l harakati qoidalarini buzgan transport vositalari haydovchilariga muayan jarima bali berib boriladi;

agar transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun yil mobaynida (1 yanvardan 31-dekabrga qadar) to‘plagan jarima ballarining umumiy miqdori o‘n ikki ballga yetsa yoki undan oshsa, u haydovchilik huquqidan mahrum etiladi;

o‘n ikki yoki undan yuqori jarima bali to‘plagan haydovchining xohishiga qarab unga qayta imtihon topshirish imkoni beriladi, imtihondan muvaffaqatli o‘tgan taqdirda, yil yakuniga qadar uch jarima baliga teng limit beriladi;

Buxorolik haydovchi katta pulga tushdi: bir milliard so‘mlik jarima

o‘n ikki yoki undan ortiq ballga teng qoidabuzarlik sodir etgan, shuningdek qayta imtihonni topshira olmagan haydovchilar sud tomonidan o‘rnatilgan tartibda yil yakuniga qadar transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etiladi”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Hujjatda aytilishicha, o‘n ikki va undan yuqori ballga teng bo‘lgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun haydovchilar tomonidan qayta imtihon topshirishda to‘lanadigan to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga o‘tkazilsin hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari, shuningdek haydovchilarning uyali aloqa vositalariga xabar yuborish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga maqsadli yo‘naltiriladi.

Qaror loyihasida 2019-yil 1-iyuligacha milliy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan fuqarolarga elektron shaklda jarima ballari berish va haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganda ularni hisoblashning elektron tizimini ishlab chiqishi vazifasi qayd etilgan.