TOShKENT, 16-may - Sputnik. Termizda sudyaga pora taklif qilgan Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, 13-may kuni Surxondaryo viloyat prokuraturasi, Termiz tuman prokuraturasi va Termiz tumani Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departament bo‘limi xodimlari tezkor tadbir o‘tkazadi.
Tadbir jarayonida Afg‘oniston fuqarosi B. N. jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tumani sudi raisiga xizmat xonasida 500 dollarni pora tariqasida bergan vaqtida jinoyat ustida ushlangan
500 dollarni ashyoviy dalillar sifatida olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovoldi tekshirish harakatlari olib borilmoqda.