Rossiya kosmik qurilmalari haqida maxfiy ma’lumot internetda paydo bo‘ldi

Internetda sun’iy yo‘ldoshlarning nomi, tayyorlagan korxonalar, uchish muddatlari va qurilmalar miqdori haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 16-may – Sputnik. Internetda Rossiya kosmik qurilmalari haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Ularning yaratilishi va uchirilishi haqida oldin hech qanday axborot e’lon qilinmagandi. RIA Novosti xabariga asosan.

Xitoyliklar Oyning orqa tomonida noyob kashfiyot qilishdi

Qurilmalarni tayyorlagan kompaniya bu ma’lumotlarni oshkor etish noqonuniy ekanligini alohida ta’kidlamoqda.

Internetda sun’iy yo‘ldoshlarning nomi, ularni tayyorlagan korxonalar, uchish muddatlari va qurilmalar miqdori haqida ma’lumotlar tarqalgan.

“Saturn” kompaniyasi bosh muhandisi Sergey Lixonosov so‘zlariga ko‘ra, bu ma’lumotlar Krasnodar shahrida o‘tkazilgan konferensiyada e’lon qilingan. Biroq ularni interenetga joylashtirish huquqi hech kimga berilmagan.

Kompaniya vakilining ta’kidlashicha, maxfiy ma’lumotlarni internetda e’lon qilgan shaxsga nisbatan chora ko‘riladi.