Toshkentda 37 kishi hamon SSSR pasporti bilan yashayotgani aniqlandi

Pasport tartibi tekshiruvi davomida 3801 nafar shaxslarda O‘zbekiston Respublikasining biometrik pasporti yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 15-may – Sputnik. Toshkentda 37 nafar fuqaro hamon sobiq SSSR pasporti bilan yashayotganini aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.

Pasport eng yaxshi sovg‘a: O‘zbekistonlik ayollar Rossiya fuqaroligini olishdi

Xabarda aytilishicha, pasport tartibi tekshiruvi davomida 3801 nafar shaxslarda hamon O‘zbekiston Respublikasining biometrik pasporti yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.

Shulardan 37 nafari – bugungi kunga qadar faqatgina bitta asosiy hujjat – sobiq SSSR pasporti borligi aniqlandi.

“Bugungi kunda 3801 nafar fuqarolardan 3747 nafari, eski SSSR pasportiga ega bo‘lgan 18 kishini inobatga olgan holda biometrik pasportlarga ega bo‘lishdi.

“Agar biror sabablarga ko‘ra sizda biometrik pasport bo‘lmasa, Toshkent shahar IIBB MvaFR Boshqarmasika yoki tuman bo‘limlariga murojaat qiling. Eslatib o‘tamiz, eski nusxadagi pasportlar (biometrik bo‘lmagan) respublikasi hududida 2019-yilning 31-dekabrigacha amal qiladilar”, - deyilgan IIBB xabarida.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Toshkentda 31 nafar fuqaro sobiq SSSR pasporti bilan yashayotganini aniqlagandi.