Toshkentda MGIMO bitiruvchilari ishtirokida V Xalqaro forum o‘tkaziladi

Toshkentdagi forum ochilishida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, USM Holdings asoschisi, MGIMO vasiylik kengashi raisi Alisher Usmanov, Rossiya madaniyat vaziri Medinskiy ishtirok etadilar
Sputnik

TOShKENT, 14-may - Sputnik. 18-19 may kunlari Toshkent shahrida MGIMO bitiruvchilari ishtirokida V Xalqaro forum o‘tkaziladi. Bu davlat arboblari, yirik biznesmenlalqarr, xao institutlar rahbarlari, obro‘li jurnalistlarning norasmiy uchrashuvidir.

Sergey Lavrov Toshkentda MGIMO filiali ochilishini xabar qildi

Forum ishtirokchilarini MGIMO birodarligi, Rossiyaning eng yaxshi universitetlarining birida o‘tkazilgan yillar birlashtirib turadi.

Forumni an’anaga ko‘ra davlat rahbarlari ochib beradi. Bundan oldingi forumlarda ishtirokchilar Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘lganlar.

Toshkentdagi forum ochilishida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, USM Holdings asoschisi, MGIMO vasiylik kengashi raisi Alisher Usmanov, Rossiya madaniyat vaziri Medinskiy ishtirok etadilar.

Siyosat, xavfsizlik, iqtisod va madaniyat sohalariga bag‘ishlangan sessiyalarda Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vaziri D. Sogtbaatar, Kambodja ta’lim vaziri N. Xan Chuon, Rosobrnadzor rahbari S.S. Kravsov, MGIMO Vasiylik kengashi a’zosi F.K. Shodiyev nutq so‘zlaydi.

Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilarga Slovakiya tashqi ishlar vaziri M. Laychak kelib qo‘shiladi. Nutq so‘zlovchilarning barchasi - MGIMO bitiruvchilari.

MGIMO rektoriga Toshkentda zar chopon kiydirishdi

Forumning asosiy dasturi idoralar rahbarlari va kompaniyalar rahbarlari o‘rtasida amaliy uchrashuvlardan iborat. Uchrashuvlar davomida ta’lim, madaniyat, investitsiyalar sohasida ikkiyoqlama munosabatlarni muhokama etadilar.

Forum maydonlarida Markaziy Osiyoda ko‘ptomonlama hamkorlik va xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspertlar o‘zaro fikr almashadilar, bunda MGIMO Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi mutaxassislari hamda Rossiya va O‘zbekistonning boshqa institutlaridan vakillar qatnashadi.

Forum davomida MGIMOchilar universitetni rivojlantirishning yangi strategiyasini muhokama qilishadi.

Forum Toshkentda ochilayotgan MGIMO filiali dasturlari prezentatsiyasi uchun maydon sifatida xizmat qiladi.