TOShKENT, 13-may – Sputnik. Ukraina Bosh prokuraturasi amaldagi prezident Potr Poroshenko va yuqori lavozimli amaldorlarni Kiyevning Okrujnoy ma’muriy ishlari sudida faoliyatiga aralashuvi bo‘yicha sud oldi tergovni boshladi.
Xabarda aytilishicha, ushbu sudda Privatband milliylashtirilishiga doir ishi ko‘rib chiqilgan.
Kiyevning Okrujnoy ma’muriy ishlari sudalari, Milliy bank raisi Yakov Smoleg va Adliya vaziri Pavel Petrenko prezident tomonidan bosim o‘tkazilayotgani haqida shikoyat qilishidan so‘ng Ukraina bosh prokuraturasi Poroshenkogo qarshi tergov ishini boshladi.
Bundan avval Poroshenko Milliy xavfsizlik kengashiga Kiyevning Okrujnoy ma’muriy ishlari sudalarining ish faoliyatini tezlashtirish haqida topshiriq bergandi.
Bu sudda Privatbank milliylashtirish bo‘yicha ishbilarmon Igor Kolomoyskiyning da’vo arizasini ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek prezident Xavfsizlik kengashi va Bosh prokuraturaga ushbu sud ishi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atish asoslarini tahlil qilish haqida topshiriq bergandi.
Sud rahbari Pavel Vovkaning so‘zlariga ko‘ra, Poroshenko qonunchilik talablarini buzgan.
O‘tgan haftada ushbu sudda Privatbankning milliylashtirilishini noqonuniy deb topdi.
Ushbu qaror Kolomoyskiyning da’vo arizasiga asosan qabul qilindi.
Hozirgi vaqtda Ukraina Moliya vazirligi va Milliy banki apellyatsiya shikoyatini tayyorlamoqda.
Poroshenko Privatbankning Kolomoyskiyga qaytishi Ukrainada iqtisodiy inqiroz tahdidi haqida bir necha bor aytib kelgan.