Ayollarni 19-martalab erga berishmoqda: Suriyada 6-yil yashagan qozog‘istonlik ayol hikoyasi

Ayolning yashash sharoitlari juda yomon bo‘lgan, biroq u qatl qilinishdan qo‘rqib, qarindoshlariga vataniga qaytish haqidagi istagi haqida aytishga qo‘rqqan.
Sputnik

TOShKENT, 13-may – Sputnik. Suriyada 6-yil yashagan va vataniga qaytgan qozog‘istonlik ayol urushdagi hayoti haqida so‘zlab berdi. Sputnik Qozog‘iston xabariga asosan.

Suriya hududida Rossiyaning razvedkachi samolyoti yo‘qolib qoldi

33 yoshli ayolning so‘zlariga ko‘ra, 2010-yilda u dindor odamga turmushga chiqadi. Ikki yildan so‘ng turmush o‘rtog‘i ishlash uchun xorijga ketadi. Ayol eri aynan qayerga ketgani haqida bir oydan keyin bilib qoladi.

“O‘sha vaqtda 8 yoshli qizim bo‘lgan. Turkiyadan Suriyaga o‘tish oson, u yerda hech qanday to‘siqlar yo‘q. Biz kichkina qishloqqa keldik. Bir hafta o‘tgach men vatanimga qaytishni istadim, biroq erim meni qaytib olishmasligini aytdi”, - deya qozog‘istonlik ayol o‘z hikoyasi bilan o‘rtoqlashdi Qozog‘iston TIV binosida.

Suriyada 6-yil hayoti davomida ayol ikki marta farzandli bo‘ladi. Farzandlardan biri sanitariya holati yo‘qligi uchun vafot etadi. Ikkinchi farzand omon qolib, 2019-yilda “Jusan” operatsiyasi chog‘ida onasi bilan eson-omon Qozog‘istonga qaytdi.

“2017 yilda turmush o‘rtog‘im halok bo‘ldi, bu qanday holatda bo‘lganini bilmayman. O‘sha paytdan boshlab men vatanga qaytish harakatiga tushdim. Yashash sharoitimiz juda yomon edi. Qozog‘istondagi yaqinlarim bilan kamdan kam aloqa qilganman. Qaytish istagi haqida ularga ayta olmaganman, chunki barcha so‘zlashuvlar eshitilardi, meni qatl etishlari mumkin edi”, - deya davom etdi ayol.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i vafot etgan ayollar boshqa erkaklarga erga beriladi. Suriyada 6-yil yashagan vaqtda 19-martalab erga tekkan ayollarni ko‘rgan.

Terrorchi jangarilar Suriyadagi Rossiya aviabazasiga hujum qildi

“Turmush o‘rtog‘i halok bo‘lsa, 4 oy va 10 kun kutish udumi bor. Ular buni kutib turishadi. Shu kun kelganda, u yerga turli erkaklar kelib, uylanish uchun ayollarni olib ketishadi. Shunga ular sharoit yaratishadi. Eri halok bo‘lgan ayolni boshqa ko‘p ayollar yashaydigan uyga olib kelishadi. Uyda suv, ovqat, chiroq yo‘q. Shuning uchun ayollar chorasizlikdan erga tegadi”, - deydi 33 yoshli qozog‘istonlik ayol.

Yanvar oyida o‘g‘li bilan Qozog‘istonga qaytga ayol ko‘p vaqt kasal bo‘ladi va yangi hayotga o‘zoq vaqt ko‘nika olmadi.

Hozirgi vaqtda ona bolaning sog‘lig‘i yaxshi, ayol ishga joylashdi va vatanga qaytish inkoniyati berilgani uchun minnatdor.  

Shu yil 6-yanvarda Qozog‘iston tomonidan “Jusan” birinchi gumanitar operatsiyasi amalga oshirildi. O‘sha vaqtda Suriyadan 47 nafar Qozog‘iston fuqarolari, ulardan 30 nafar bola, 11 nafar ayol va 6 nafar erka olib kelindi.

Ikkinchi operatsiya 7 va 9-may kuni amalga oshirildi. Suriyadan 231 nafar kishi, ular ichida 156 bolalar olib kelindi.