Adliya vazirligi ko‘chmas mulk huquqini tiklash bo‘yicha aksiya e’lon qildi

Sputnik

TOShKENT, 11-may – Sputnik. Adliya vazirligi fuqarolarning mulk huquqini himoya qiladi, deb xabar qilmoqda “Huquqiy axborot” telegram kanali.

“Adliya vazirligi joriy yilning 10-maydan — 30-iyun kuniga qadar fuqarolarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlariga rioya etilishi yuzasidan onlayn murojaatlarni qabul qilish va hal etish bo‘yicha AKSIYa e’lon qiladi”, - deyilgan xabarda.

Vazirlik, xususan, quyidagi holatlar yuzasidan, onlayn arznomalar qabul qilishni boshladi:

  • Ko‘chmas mulk huquqi buzilishi;
  • Turar joy noqonuniy buzilishi;
  • Buzilgan imorat uchun kompensatsiya to‘lanmasligi;
  • Qoniqarsiz kompensatsiya taklif etilishi;
  • Ko‘chmas mulkka egalik huquqi berilmasligi.  

Yuqorida qayd etilgan qonunbuzarliklarga barham berish vaqti keldi, deyilgan xabarda.

Ko‘chmas mulk sohasida buzilgan huquqlarini tiklash uchun fuqarolar ushbu havola orqali murojaat etishlari mumkin.