Toshkentda "O‘lmas polk" bo‘lib o‘tdi, 5 mingdan ziyod odamlar to‘plandi

Bugun 9-may - Xotira va qadrlash kunida Toshkent aholisi urush qurbonlarini xotirlash maqsadida "Birodarlar qabri" hududida to‘plandi. Tadbir davomida "Ura" hayqiriqlari ostida "O‘lmas polk" yurishi amalga oshirildi
Sputnik

TOShKENT, 9-may - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekistonda G‘alabaning 74-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimlar davom etmoqda. Bugun, 9-may kuni minglab toshkentliklar Volgograd qabristoni hududida improvizatsiya asosida tashkil etilgan "O‘lmas polk" lokal yurishini amalga oshirdilar, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri voqea joyidan.

Toshkentda "O‘lmas polk" bo‘lib o‘tdi, 5 mingdan ziyod odamlar to‘plandi

Tashkilotchilar "Birodarlar qabri"dan Mangu olovgacha bo‘lgan hududga tomon yanada keng ko‘lamli yurishni amalga oshirishni rejalashtirishgan edi, biroq ushbu aksiya bo‘yicha vaqtida kelishuvni amalga oshirishning imkoni bo‘lmadi. Jamoatchilik tartibini buzmaslik va shaharda noqulayliklarni vujudga keltirmaslik uchun bunday katta formatdagi tadbirdan voz kechildi.

Toshkentda "O‘lmas polk" bo‘lib o‘tdi, 5 mingdan ziyod odamlar to‘plandi

Shunday bo‘lsa-da, mana to‘rtinchi yildirki, poytaxt aholisi o‘z tashabbusi bilan 9-may kuni Volgograd qabristoniga nafaqat guldastalar, balki bobo-buvilari suratlari bilan keladilar.

Toshkentda "O‘lmas polk" bo‘lib o‘tdi, 5 mingdan ziyod odamlar to‘plandi

Ular shu tarzda bugungi musaffo osmon va tinchlik uchun jonini qurbon qilgan qahramonlar xotirasiga hurmat bajo keltiradilar.

Toshkentda "O‘lmas polk" bo‘lib o‘tdi, 5 mingdan ziyod odamlar to‘plandi

Bugun 9-may kuni "Birodarlar qabri" majmuasi odamlarga limmo-lim edi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, 5 mingga yaqin odamlar to‘plangan. Ammo yig‘ilganlar soni bundan ko‘pligini taxmin qilish mumkin. Fuqarolarning aksariyati urush qatnashchilari portretlarini ko‘tarib olganlar.

Toshkentda "O‘lmas polk" bo‘lib o‘tdi, 5 mingdan ziyod odamlar to‘plandi

Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘ygach, Toshkent ahli va mehmonlari majmua atrofida uch marta aylanib yurishni amalga oshirdilar va harbiy davr qo‘shiqlarini kuylab, "ura" hamda "G‘alaba uchun bobomga rahmat" hayqiriqlari ostida mash’um urush yillarida juda katta mashaqqat bilan erishilgan G‘alaba uchun veteranlarga o‘z minnatdorliklarini namoyish qildilar.

Toshkentda "O‘lmas polk" bo‘lib o‘tdi, 5 mingdan ziyod odamlar to‘plandi

Shahar ahlidan tashkil topgan kolonna orasida Rossotrudnichestvo rahbari, jangovar harakatlar veterani Viktor Shulika ham bor edi. U bu kabi xalq aksiyalari bugun butun dunyoda o‘tayotganini, bu aksiya 74-yil oldin sodir bo‘lgan voqealar haqida xotirani saqlashda yordam berishini, bu aksiya xalq birdamligi dalili ekanligini qayd etib o‘tdi.

Toshkentda "O‘lmas polk" bo‘lib o‘tdi, 5 mingdan ziyod odamlar to‘plandi

Shulika shuningdek, fashizm ustidan g‘alaba qozonishda qo‘shgan bebaho hissasi uchun O‘zbekistonga cheksiz minnatdorlik bildirdi.