TIV Rossiyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik talaba haqida bayonot berdi

Qo‘lga olingan talaba ishlash uchun ruxsatnomasiz kechki vaqtda gipermatketda sotuvchi bo‘lib ishlagan. Xaridorga ustaraning qanday ishlashini ko‘rsatayotganda, ustara uchi chiqib ketgan va xaridor ko‘ziga tekkan.
Sputnik

TOShKENT, 9-may - Sputnik. Bundan bir haqta oldin OAVda Rossiya gidrometrologiya universiteti 2-bosqich talabasi, O‘zbekiston fuqarosi M.Yuldashevning qo‘lga olinganligi to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘ldi.

Tula yaqinida pichoqlangan o‘zbek ayoli Rossiya fuqarosi ekanligi ma’lum bo‘ldi

TIV bayonotiga ko‘ra, Yuldashev ishlash uchun ruxsatnoma (patent) olmay kechki vaqtda gipermatketda sotuvchi bo‘lib ishlagan. 30-aprel kechasi xaridorga ustaraning qanday ishlashini ko‘rsatayotganda ustara uchi chiqib ketgan va xaridor ko‘ziga tekkan.

Xaridorni kasalxonaga, talabani qo‘lga olib politsiya bo‘limiga olib ketishgan.

Tuman sudida Yuldashevga 5 ming rubl miqdorida jarima belgilash va Rossiya hududidan ma’muriy chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Ayni paytda Yuldashevga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi 291-modda 3-bandi (mansabdor shaxsga pora berish) bo‘yicha jinoiy ish ham tekshirilmoqda.

"2-may kuni mazkur vaziyat mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan", - deyiladi TIV xabarida.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan.

O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda respublikaning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga +7-965-029-41-49 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.