Qizining soch to‘yi marosimini dabdaba bilan nishonlangan tojikistonlik jarimaga tortildi

Tursunzoda shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro qizining mo‘ysargiron (soch olish marosimi)ni katta dabdaba bilan nishonlagani uchun qonun oldida javob berdi.
Sputnik

TOShKENT, 8-may — Sputnik. Tursunzoda shahar sudi fuqaroni “Tojikiston Respublikasida urf-odatlar, bayramlar va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunni buzganligi uchun jarimaga tortdi. Bu haqda Tojikiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.

Tojikistonlik amaldor tug‘ilgan kunini dabdabali nishonlagani uchun ishdan bo‘shatildi

Xabarda qayd etilishicha, tursunzodalik qizining soch to‘yini o‘tkazgan va marosimga 25 nafar qarindoshlari va qo‘shnilarini mehmon sifatida chaqirgan.

“Tojikiston Respublikasida urf-odatlar, bayramlar va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunga binoan farzand tug‘ilishi bilan bog‘liq va shunga o‘xshash marosimlar faqat oila davrasida, ortiqcha sarf-xarajatsiz hamda dabdabasiz nishonlanishi kerak”, - deyiladi xabarda.

Sud fuqaroga 5,5 ming somoniy (583 dollar) jarima to‘lash majburiyatini yukladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistonning So‘g‘d viloyatida bo‘lgan to‘yda kortej juda uzun bo‘lgani uchun to‘y egasi jarimaga tortilgani haqida xabar qilgan edik.