Rossiya imperiyasi davridagi oltin tangalarni sotganlar qo‘lga tushdi

Jami 7 dona oltin tangalarni 29,4 million so‘mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Sputnik

TOShKENT, 8-may – Sputnik.  Bosh prokuratura matbuot xizmati Qashqadaryoda Rossiya imperiyasi davridagi oltin tangalarni noquniy sotish holati yuzasidan xabar qildi.

Toshkentda 100 ming so‘mlik pulni qalbakilashtirgan shaxslar qo‘lga tushdi

 Xabarda aytilishicha, Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.B., Q.D. va M.Sh.lar “Imperator Nikolay-I” tamg‘ali 10 nominal qiymatdagi oltin tangalarni har birini 4,2 million so‘mdan hisoblab, jami 7 dona oltin tangalarni 29,4 million so‘mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar A.B. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.