Qashqadaryoda giyohvand o‘simligini xufona tarzda yetishtirib kelayotgan xonadon fosh etildi

Xonadonda 68 tup “Ko‘knor” giyohvand o‘simligini yashirin tarzda yetishtirayotgani aniqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 7-may - Sputnik. Qashqadaryo viloyatida giyohvand o‘simligini xufona tarzda yetishtirib kelayotgan xonadon fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Afg‘on narkokuryeri sal kam 60 kilogramm ko‘knor bilan Amudaryodan suzib o‘tdi

Xabarda qayd etilishicha, viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan Kasbi tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida fuqaroning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechiriladi.

“Xonadonning hovli qismida alohida toshlar bilan ajratib, hosili yaxshi bo‘lishi uchun o‘g‘itlar berilib ishlov berilgan yerda 68 tup “Ko‘knor” giyohvand o‘simligini yashirin tarzda yetishtirayotgani aniqlandi”, - deyiladi xabarda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.